"Manchester Yunayted" Lammens transferini amalga oshira olmasa, Martines nomzodiga qaytadi

Mirjalol Normatov
31 avg 2025, 15:15
"Manchester Yunayted" hali ham Emiliano Martinesning transferidan voz kechmagan.

Buning uchun "Antverpen" posboni Senne Lammensning transferi amalga oshmasligi kerak. Lekin Belgiya klubi mankunianliklar bilan kelishuvga erishgani va transferning amalga oshishi deyarli aniq ekanligi aytilmoqda.

MYU "Aston Villa"dan posbonni ijaraga olish bo'yicha taklif jo'natgandi, biroq birmingemliklar bunga raj javobini berishgan. Shu boisdan "iblislar" rahbariyati Senne Lammens transferiga qo'l urdi.

Ammo "Manchester Yunayted" bir yo'la ikkala posbon bilan shartnoma imzolamoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen