"Manchester Yunayted" himoyachisi yozda jamoadan ketishi mumkin

Tolibjon Qosimov
1 dek 2017, 19:36
"The Times"ning ma'lum qilishicha, "Manchester Yunayted"ning gollandiyalik chap qanot himoyachisi Deyli Blind klubni uni yozda sotib yuboradi deb o'ylamoqda.

Futbolchining shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Lekin, mankunianliklar o'yinchini tekinga yo'qotmaslik uchun shartnomani avtomatik tarzda uzaytirish bandini faollashtirishga tayyorlar. Futbolchi Joze Mourinyo jamoasida asosiy tarkibdan mutlaqo tushib qoldi, hatto qaydnomaga ham doim kirmayapti. Keltirib o'tamiz, Blindga ayni paytda "Inter" qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Times