"Manchester Yunayted" futbolchisi "Yuventus"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
29 mar 2018, 14:06
"Yuventus" rahbariyati "Manchester Yunayted" futbolchisi Antoni Marsyal bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Tuttosport" nashri xabariga ko'ra, transfer yozda amalga oshishi mumkin. Biroq turinliklar futbolchi uchun 60-65 mln evro to'lamoqchi emas. Jamoadagilar Marsyalni arzonroqqa sotib olish uchun Matyuidini ishga solishmoqchi.

Blez Antonini "Yuventus"ga o'tishiga ko'ndirishga harakat qiladi.

Marsyal bu mavsumda MYU tarkibida 26 uchrashuvda maydonga tushib, 9 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport