"Manchester Yunayted" futbolchilari yozda Ten Xag ishdan ketishini kutishmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
5 mar 2024, 13:44
"Manchester Yunayted" o'yinchilari Erik Ten Xag yangi mavsumda ham o'z lavozimida qolishiga ishonmayapti.

Niderlandiyalik Jim Retkliff bilan yaxshi aloqadaligini takidlashiga qaramay, futbolchilarda uning kelajagiga shubha ortib bormoqda. 

Biroq murabbiy shtabidagilar va agentlariga "Old Trafford"dagi kelajagi kafolatlanmaganini aytib o'tgan.

"Manchester Yunayted" rahbarlarining Ten Xag bo'yicha qaroriga jamoaning Angliya Kubogida zafar quchishi yoki Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishi ta’sir qilishi mumkin. Eslatib o'tamiz, "qizil iblislar"ni 2022 yildan buyon boshqarib keladi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. 54 yoshli mutaxassis qo'l ostida "Manchester Yunayted" Angliya liga kubogini yutgan.

Eslatib o'tamiz, APL 27-turida jamoa "Manchester derbi"sida imkoniyatni boy berdi va jadvalda 6-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk