"Manchester Yunayted" YCHLning eng yaxshi darvozabonlaridan birini nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
10 may 2025, 19:20
Donnarumma "qizil iblislar" e'tiborini tortdi.

"Manchester Yunayted" klubi PSJ va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma bo'yicha taklif bilan chiqishga tayyor.

26 yoshli italiyalikning parijliklar bilan shartnomasi 2026 yilning iyunida yakuniga etadi va uning shu yozda ketishi mumkinligi haqida xabarlar ko'paymoqda.

Avvalroq "Manchester Yunayted"ning qiziqishidan tashqari, "Yuventus" va hatto Donnarumma bilan Chempionlar Ligasi finalida o'ynaydigan "Inter" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"TEAMtalk"ning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim shaxsan klub rahbariyatidan Donnarumma transferi bo'yicha taklif bilan chiqishni so'ragan.

Avvalroq "Manchester Yunayted" tajribali darvozabon bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani xabar qilingan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk