"Manchester Yunayted" "Atletiko" sport direktori Andrea Bertaga qiziqmoqda

Alisher
23 apr 2020, 10:44
"Manchester Yunayted" sport direktorligi lavozimi uchun nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.

Xabarlarga ko'ra, manchesterliklar "Atletiko" sport direktori Andrea Bertaga qiziqish bildirmoqda.

Boshqaruvchi Madrid klubida 2012/13 yildan buyon ishlaydi va "Atletiko"ning transfer siyosatida hal qiluvchi rollardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, Berta 2019 yilda Globe Soccer Awards talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi sport direktori deb topilgan edi.

Takidlash kerakki, MYU bundan ikki yil oldin ham italiyalik mutaxassisga qiziqish bildirgan edi.


"Atletiko" direktori koronavirus tufayli yozgi transferlar oynasini bekor qilishni taklif etdi 

Globe Soccer Awards-2019. Barcha nominaciyalarning g'oliblari ma'lum bo'ldi 


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS