“Manchester Yunayted” so'nggi 22 yil ichida birinchi marta ketma-ket 3 marotaba mag'lubiyatga uchradi

8 yanv 2014, 11:59
Angliya Kubogi doirasida bo'lib o'tgan o'yinda “Sanderlend”dan mag'lub bo'lgan “Manchester Yunayted” (1:2), ketma-ket uchinchi marotaba mag'lubiyatga uchradi.

Angliya chempionlari bundan 22 yil oldin ham shunday natijani qayd etishgan, deb xabar beradi Sky Sports.

Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni mankunianliklar Angliya Kubogi doirasida o'z uylarida “Suonsi”ga mag'lub bo'lishgan edi. Bundan to'rt kun oldin esa premer-liga doirasida “Tottenxem”ga yutqazib qo'yishgan.


Manba: sports.ru