“Manchester Yunayted” Mesut Ozil bilan qiziqayapti

Tolibjon Qosimov
2 sen 2013, 15:59
“Manchester Yunayted” klubi “Real” yarim himoyachisi Mesut Ozilga qiziqmoqda, deb xabar beradi Sky Sports.

Klub rahbariyatining xabariga ko'ra, ular nemis futbolchisining vakillari bilan muzokara olib borishgan.

Eslatib o'tamiz, “Real” Ozilning transferi bo'yicha “Arsenal” bilan 48 million evroga kelishib bo'lgan edi. Biroq futbolchi faoliyatini madridda davom ettirish istagi borligini aytib o'tgan va kanonerlarga rad javobini bergan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru