Manchester Yunayted Fellayni va Beyns bo'yicha yangi taklif bilan chiqmadi

Tolibjon Qosimov
22 avg 2013, 15:05
"Everton" kubi bosh murabbiyi Roberto Martinesning takidlashicha, klub Maruan Fellayni va Leyton Beyns bo'yicha yangi taklif olmagan.
"Bu borada hozircha tinchlik. Ahvol avval muxlislarga e'lon qilganimizdek. O'zgarish bo'lgani yo'q".

"O'ylashimcha, ushbu transfer oynasida biz shu tarzda ishlashda davom etamiz. Biz jamoamizni kuchli holatda saqlab qolishga urinamiz".
"Agar muxlislarga biror xabarni etkazishimiz kerak bo'lsa, buni albatta o'z vaqtida qilamiz. Biroq hozir bo'lg'usi o'yinlarga e'tiborimizni qaratmog'imiz lozim", dedi Martines. 


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru