"Manchester Siti"ga "Lion" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
24 apr 2020
"Lion" xavbeki Ussem Auar yozda o'z jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, 21 yoshli fransiyalik futbolchiga "Manchester Siti" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. O'tgan yozda ham "shaharliklar" Fransiya klubi bilan futbolchi borasida muzokaralar olib borgandi.

Qayd etilishicha, "Manchester Siti" ushbu xavbekka bo'lgan yagona davogar emas. Uning xizmatlariga "Yuventus" va PSJ tomonidan ham jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.

Biroq koronavirus sababli hozircha tomonlar muzokaralarni boshlashganicha yo'q. Biroq "Lion" o'z futbolchisini 50 mln evroga sotishga tayyor turibdi.

Ushbu mavsumda Auar "Lion" tarkibida 25 o'yinda 3 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport