"Manchester Siti" Jeko bilan shartnomasini uzaytirmoqchi
Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2014, 21:04
Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi o'zining bosniyalik futbolchisi Edin Jeko bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.
Futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi bir yildan so'ng yakuniga etadi. Lekin, "shaxarliklar" hujumchiga yana ikki yillik shartnoma taklif qilmoqchilar. Jekoning o'zi xam klubda qolishga qarshi emas.