Manchester Siti yanvar oyida Julio Sezarni sotib olishi mumkin

Narzulla Saydullayev
17 noya 2013, 15:25
Manchester Siti Kuinz Park Reyndjers posboni Julio Sezarga qiziqish bildirmoqda.
Shaharliklar ustozi Manuel Pellegrini asosiy darvozabon Jo Xartni zaxiraga o'tkazib qo'ydi.

Yanvar oyida Siti 34 yoshli braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Sezar bu mavsum Angliya Chempionshipida ishtirok etayotgan KPR safida umuman maydonga tushgani yo'q.

Oldinroq Sezar faoliyatini Fiorentinada davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru