"Manchester Siti" "yangi Dele Alli"ni xarid qilishga yaqin

Alisher
9 iyul 2019, 15:18
"Vest Bromvich"ning 16 yoshli yarim himoyachisi Morgan Rojersga "Manchester Siti" vakillari qiziqmoqda.

"Shaharliklar" angliyalik iqtidorli futbolchilardan biri bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Angliya chempionlari ikki mavsumdan beri "Vest Bromvich" vakillari bilan o'yinchining kompensaciyasi masalasida muzokaralar o'tkazishadi.

2002 yilda tug'ilgan futbolchi "Vest Bromvich"da 2019 yil 6 fevral kuni debyut qilgan.

Rojers 2018 yildan buyon Angliyaning U-17 jamoasida o'ynab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail