"Manchester Siti" yana bir himoyachi sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2025, 22:50
"Manchester Siti" "Yuventus" himoyachisi Andrea Kambyazoni sotib olmoqchi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning ma'lum qilishicha, ingliz klubi 24 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Klub "Yuventus"ga 60-65 mln evrolik taklif jo'natishga tayyor turibdi.

Himoyaning ikkala qanotida ham o'ynay oladigan Kambyazo ushbu mavsumda 19 o'yinda qatnashdi va 2 gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Hozirga qadar "shaharliklar" yana ikki himoyachi - Vitor Reys ("Palmeyras") va Abduqodir Husanovni ("Lans") qo'shib olishga yaqin turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/GianlucaDiMarzio