"Manchester Siti" Uilshirga qiziqib qoldi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2015, 19:47
"Manchester Siti" rahbariyati "Arsenal" yarim himoyachisi Jek Uilshirga qiziqish bildirmoqda.

"Siti" rahbarlari tez orada "Arsenal"dagi hamkasblariga 41 mln. evrolik taklif yuborishi kutilmoqda.

Uilshir oldinroq "Arsenal"da uni hamma narsa qoniqtirayotganini takidlagan edi. "Arsenal" meni o'zining asosiy futbolchisi sifatida ko'rishini istaydi. Men shu yerda o'sdim. "Arsenal" mendan mamnun ekan, men ham xursandman" - deydi Uilshir.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com