"Manchester Siti" o'z yetakchisi bilan shartnomasini uzaytiradi

Mirjalol Normatov
9 okt 2018, 21:59
"Manchester Siti" yarim himoyachi Leroy Sane bilan shartnomani uzaytirishga tayyorlanmoqda.

The Sun xabariga ko'ra, tomonlar muzokaralarni boshlab yuborgan. Aytilishicha, germaniyalikning jamoada ko'proq qolishini bosh murabbiy Pep Gvardiola istamoqda. Sanening shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.

U 2016 yilda "Siti"ga ko'chib o'tgandi. Sane o'tgan mavsumda jamoasining chempion bo'lishida o'zining katta hissasini qo'shdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun