"Manchester Siti" murabbiyi Enco Mareska "Arsenal"dan uchratilgan yirik mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

17 avg 2026, 07:40
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enco Mareska Angliya Superkubogi-2026 doirasidagi Londonning "Arsenal" klubiga qarshi o'yindan (0:3) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'ylashimcha, 25-soniyada o'tkazib yuborilgan gol, ming afsuski, o'yin borishiga ta’sir ko'rsatdi. O'tkazib yuborilgan to'pdan so'ng reakciyamiz ancha yaxshi bo'ldi. Raqib ikkinchi golni urishidan oldin bizda hisobni tenglashtirish uchun uch yoki to'rtta imkoniyat bo'ldi, ammo, afsuski, ikkinchi golni o'tkazib yubordik va vaziyat yanada murakkablashdi.

Bundan hafsalam pir bo'ldi, chunki bunday o'yinlarda daraja shu qadar yaqinki, gol o'tkazib yuborganingdan so'ng qiyinroq bo'lib qoladi. Ammo, fikrimcha, birinchi o'tkazib yuborilgan goldan so'ng biz ancha yaxshi harakat qildik va vaziyatlar yaratdik, lekin yana bir bor aytaman, 0:2 hisobi vaziyatni yanada og'irlashtirdi.

Kelasi yakshanbadan Premer-ligadagi yurishimizni boshlaymiz va o'shanda bor e'tiborni shunga qaratishimiz kerak bo'ladi. Oldinda bajariladigan ishlar juda ko'p. Mavsum endigina boshlandi, shu sababli yaxshilashimiz kerak bo'lgan narsalar juda ko'p, ammo hatto g'alaba qozongan o'yinlarimizda ham yaxshiroq bajarishimiz lozim bo'lgan jihatlar bor", - deydi Mareskaning so'zlarini keltirgan "BBC".

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport