"Manchester Siti" mavsum oxirida yana bir afsonani yo'qotadi – Gvardiola De Bryuynedan keyin inqilobni rejalashtirmoqda

Sherzod Nurmatov
11 apr 2025, 12:15
Kayl Uoker yozgi transfer oynasida "Manchester Siti"dan ketishi aniq.

Ijara asosida "Milan"da o'ynayotgan "Manchester Siti"ning o'ng qanot himoyachisi "shaharliklar"ni tark etadi. Bu haqda nufuzli insayder Fabricio Romano xabar berdi.

"Manchester Siti va Kayl Uoker o'rtasidagi tarix "Milan"ning bo'lajak qaroridan qati nazar yozda tugaydi. "Rossonerlar"da Uokerni sotib olish imkoniyati bor, ammo qarorni jamoa yangi direktori qabul qiladi. Uoker "Siti"da qolmaydi, chunki klub allaqachon yangi o'ng qanot himoyachisi izlamoqda", – dedi Romano.

Eslatib o'tamiz, Xosep Gvardiola jamoasini Uokyerdan tashqari Kevin de Bryuyne ham tark etadi. Belgiyalik futbolchi erkin agent sifatida ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano