"Manchester Siti" himoyachisi Demikelis bir yarim oyga safdan chiqdi
Tolibjon Qosimov
6 sen 2013, 14:00
"Manchester Siti" himoyachisi Martin Demikelis tizzasidan jarohat oldi, deb xabar bermoqda Sky Sports.
Jarohat ancha jiddiy. Shifokorlarning taxminiga ko'ra davolanish uchun 6 hafta vaqt kerak. Biroq Demikelis 23 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan SSKAga qarshi o'yingacha maydonga qaytishi mumkin.