"Manchester Siti" futbolchisi ijara asosida "Marsel"ga o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
13 avg 2022, 22:28
"Shaharliklar" Issa Kaboreni Fransiyaning "Marsel" klubiga ijaraga beradi.

Italiyalik jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, futbolchi 2023 yilning iyunigacha Fransiya klubida qoladi.

Shartnomada himoyachini 20 million evro evaziga sotib olish varianti ham mavjud.

Futbolchining o'zi bugun Fransiyaga yetib boradi.

21 yoshli Issa Kabore o'tgan mavsum ijara asosida Fransiyaning "Trua" jamoasida o'ynadi. Burkina-Faso vakili Liga 1'da jami 31 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: si.com