"Manchester Siti" Chempionship finalidan 20 mln funt-sterling ishlab olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
24 may 2024, 02:13
Angliyaning "Manchester Siti" klubi ikkinchi darajali liga pley-off bosqichidan pul ishlab olishi mumkin.

Premer-liga yo'llanmasi uchun Chempionship finalida "Lids Yunayted" va "Sautgempton" jamoalari bellashadi.

Gap shundaki, "Sautgempton" o'tgan yozda angliyalik 21 yoshli futbolchi Teylor Xarvud-Bellisni "Manchester Siti"dan bir mavsumga ijaraga olgandi.

Shartnomadagi bandga ko'ra, "avliyolar" klub Premer-ligaga yo'l olgan taqdirda, markaziy himoyachini 20 million funt-sterlingga sotib olishga majbur.

Teylor Xarvud-Bellis Angliya U-21 terma jamoasi sardori hisoblanib, ushbu yosh toifasida Yevropa chempionligini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Manchester Evening News