"Manchester Siti" Bravo jarohati tufayli "Real" darvozabonini sotib olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 avg 2018, 08:46
"Real" darvozaboni Keylor Navas faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubi jamoaning ikkinchi posboni Klaudio Bravo jarohati tufayli 31 yoshli darvozabon xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Eslatib o'tamiz, chililik futbolchi 20 avgust kuni jiddiy jarohat olgan edi.

Qoidalarga ko'ra, futbolchilarda jiddiy shikastlanish bo'lsa, klub transfer oynasi yopilganda ham o'yinchi sotib olishi mumkin.

"Real" va Navas o'rtasidagi bitim 2021 yilda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS