Manchester Siti bir shart bilan Braziliya terma jamoasi a'zosiga 85 million funt to'lashga tayyor

Khoja
13 apr 2024, 10:47
Manchester Siti yozda Vest Xemning hujumkor yarim himoyachisi Lukas Paketani sotib oladi.

Agar Angliya futbol assotsiatsiyasi braziliyalik futbolchidan o'yinlarga noqonuniy pul tikish bo'yicha ayblovni olib tashlasa, shaharliklar 26 yoshli futbolchiga shartnomasida belgilangan 85 million funtni to'laydi.

Eslatib o'tamiz, Paketa o'tgan yozda Man Sitiga o'tishga juda yaqin kelgan. Biroq o'tgan yilning yozida braziliyalik futbolchiga o'yinlarga pul tikish ayblovi qo'yilganidan so'ng amaldagi chempion ushbu transfyerdan voz kechgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com