"Manchester Siti" "Barselona" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
2 mar 2020, 18:30
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Siti" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

"Shaharliklar" 31 yoshli xavbek bilan yozda shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqishmoqda.

"Barselona" o'yinchini sotib yuborishga tayyor, sababi uning shartnomasi 2021 yilning iyunida o'z yakuniga etadi, klub shundan so'ng uni tekinga qo'yib yuborishiga to'g'ri keladi.

"Manchester Siti" Rakitichning transferi uchun 45 million evro atrofida pul to'lashi mumkin.

Xorvatiyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada "Barselona" safida 20ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Don Balon