"Man Siti" tovon puli 70 mln evroga teng bo'lgan "Portu" yarim himoyachisiga qiziqib qoldi

Administrator
7 mar 2024, 01:19
Portugaliya klubining istedodli futbolchisi ingliz grandi e'tiborida.

"Manchester Siti" klubi "Portu" yarim himoyachisi Alan Varelani kuzatmoqda. "Siti" skautlari futbolchini "Portu"ning so'nggi uy uchrashuvlarida kuzatib kelishmoqda. Biroq, hali beri klublar muzokaralarni boshlashmagan.

Ma'lumot uchun, "Man Siti" 22 yoshli Alan Varelani "Boka Xuniors"daligidan beri kuzatib keladi. O'tgan yili futbolchi 8 mln evro evaziga "Portu"ga transfer qilingandi. Futbolchining shartnomasidagi tovon puli 70 mln evro etib belgilangan.

Ma'lumot uchun, Varela ushbu mavsum Portugaliya chempionatida 20 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol va ikkita assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Maisfutebole