"Man Siti" Sandroni xarid qilishi mumkin

13 avg 2020, 00:14
"Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro faoliyatini Angliyada davom ettirishi kutilmoqda, deb yozadi "TuttoSport".

29 yoshli himoyachiga "Manchester Siti" da'vogarlik qilmoqda. Xabar qilinishicha, turinliklar rahbariyati braziliyalik o'yinchining transferi borasidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Eslatib o'tamiz, avvalroq Sandroning "Tottenxem"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TuttoSport