“Man Siti” “Real”, PSJ va “Bavariya”ni UEFAga bosim o'tkazganlikda ayblamoqda

Eldor Akmurzayev
18 fev 2020, 21:50
“Manchester Siti”ga yaqin manbalarining xabar berishicha, klub “Real” va “Bavariya”ni UEFAga bosim o'tkazishda ayblagan.

Bu esa “shaharliklar”ning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani bois jiddiy jazo, yani, 2 yilga evrokuboklardan chetlatilishiga sabab bo'lgan, deya ma'lum qilmoqda AS nashri “The Athletic”ga tayanib. 

Shuningdek, UEFAga arz qilgan jamoalar orasida PSJning borligi ham aytilmoqda. Tashkilotning qarori jiddiy bo'lganiga mazkur klublar sabab bo'lgani taxmin qilingan. 

Ma'lumot o'rnida, “Man Siti” aybsizligini isbotlash maqsadida UEFAning chiqargan qarori yuzasidan Lozannadagi Sport arbitraj sudiga murojaat qilmoqchi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As