Man Siti o'z himoyachisini Fransiyaga sotdi

Narzulla Saydullayev
22 avg 2018, 00:45
Manchester Siti himoyachisi Jezon Denayer Lionga ko'chib o'tdi.

Belgiyalik futbolchi Fransiya klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzdi.

Manchester Siti Denayer uchun 6,5 million evro oladi va yana 3,5 millionni bonus tariqasida olishi mumkin.

Denayer 6 yildan buyon Sitiga tegishli edi, ammo klub safida umuman rasmiy o'yinda maydonga tushmagan. U Seltik, Galatasaroy (ikki bor) va Sanderlend klublarida ijarada o'ynagan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ol.fr