"Man Siti" Kulibali uchun 63 million evro taklif qildi

Alisher
14 avg 2020, 15:53
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Man Siti" 29 yoshli futbolchi uchun 63 million evro taklif qilgan. "Napoli" o'yinchi bilan xayrlashishga tayyor, ammo ular "shaharliklar" taklif miqdorini yana ham oshirishlariga umid qilmoqda.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Siti" Kulibali uchun yiliga 10 million evro maosh to'lashga tayyor.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/tancredipalmeri