"Man Siti" Gvardiolaga 2025 yilga qadar shartnoma taklif qilmoqda. Muzokaralar - rivojlangan bosqichda

Alisher
10 may 2022, 18:24
Pep Gvardiola "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, klub va murabbiy o'rtasidagi muzokaralar rivojlangan bosqichda.

Yangi kelishuv 2025 yilga qadar mo'ljallanadi. Ispan mutaxassisi "Siti"ni 2016 yildan beri boshqaradi.

"Shaharliklar" ayni damda APLda 25 o'yinda 86 ochko jamg'argan holda, jadvalda 1-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira