"Man Siti" Bernardu Silvani 60 mln evroga baholadi. "Barsa" "shaharliklar" bilan bog'landi

Alisher
17 iyun 2021, 10:38
Yarim himoyachi Bernardu Silva "Manchester Siti"dan ketishi mumkin.

Futbolchiga "Atletiko" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda va kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchining narxi borasida klub bilan aloqaga chiqdi.

"Shaharliklar" 26 yoshli xavbekni 60 million evroga baholashdi.

Qayd etish kerakki, "Barselona" narxni pasaytirish uchun bitimga o'yinchilarini qo'shishni taklif etdi, "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola esa himoyachi Serji Roberto va yarim himoyachi Fransishku Trinkau bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail