"Man Siti" - "Arsenal" o'yini yana qoldirildi. Bunga sabab...

Alisher
11 mar 2020
APL 28-turi doirasidagi "Manchester Siti" va "Arsenal" jamoalari o'rtasidagi o'yin qoldirildi.

"Nottingem Forest" va "Olimpiakos" klublari xo'jayini Evangelos Marinakis koronavirusga chalingani borasidagi xabardan so'ng klublar o'yinni qoldirishga qaror qilishdi.

13 kun oldin "Olimpiakos" xo'jayini Yevropa Ligasi doirasida "Emireyts"dagi o'yinda London klubining bir necha futbolchilari va xodimlari bilan uchrashgan edi.

Tibbiy tavsiyalardan so'ng, "Arsenal" va "Manchester Siti" klublari vaziyatni o'rganish va xavflarni oldindan bartaraf etish uchun bahsni keyinga qoldirishga majbur bo'lishdi.

Premer-liga ham o'yinni boshqa sanaga ko'chirish kerak degan qarorga keldi. Liga bayonotiga ko'ra, APLdagi boshqa o'yinlarni qoldirish rejalashtirilmagan.


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com