"Man Siti" 20 yoshli darvozabonini "Sautgempton"ga sotib yubordi

Administrator
17 iyun 2022, 23:39
Darvozabon ikki marta ijaraga berilganidan so'ng nihoyat "Man Siti"ni tark etdi.

"Man Siti" darvozaboni Gevin Bazunu "Sautgempton"ga transfer qilindi. 20 yoshli darvozaboni "Sautgempton" bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Mashxur insayder va jurnalist Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Sautgempton" ushbu transfer uchun 12 mln evro to'lagan. Bundan tashqari kelishuvda bonuslar ham ko'zda tutilgan. Darvozabon oxirgi ikki mavsumni "Rochdeyl" va "Portsmut" klublarida ijarada o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: www.southamptonfc.com