Malinovskiy: "Yuventus"ni yutishga haqli edik"

Mirjalol Normatov
12 iyul 2020, 14:12
"Atalanta" yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy Italiya chempionati doirasida "Yuventus" bilan o'ynalgan durang haqida gapirdi.

"Ikki ochko yo'qotdik. Yuventus"ni yutishga haqli edik. Biz yaxshi himoyalanayotgandik. Shunchaki bugun bizning kunimiz emas ekan.

Rostdan ham juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Birinchi taymni to'liqligicha nazoratimiz ostida o'tkazdik. Hechqisi yo'q. Bu ham bizga dars bo'ladi. "Yuventus" maydonida 1 ochko ham yomon natija emas", - dedi Malinovskiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal