Maldini: "Buffon YCHL bosh sovrinini yutishga loyiq va haqli"

Aziz Tukhtamuradov
5 iyun 2015
"Milan"ning tirik afsonasi Paolo Maldini YCHL finalida "Yuventus" "Barselona"ni mag'lub etishidan umidvor ekanligini bildirdi.

Albatta men finalda "Yuventus"ni qo'llab-quvvatlayman. U erda mening juda ko'plab do'stlarim bor. Undan tashqari men Buffon YCHL bosh sovrinini qo'lga kiritishini juda istardim. Jiji bunga loyiq va haqli. Buffon jahonning so'nggi uch o'n yilligidagi eng kuchli darvozaboni hisoblanadi. Hozirda faqat uni yoshi tufayli tanqid qilishmoqda. Uning shu kabi xatolarini o'n yil ilgari hech kim payqamasdi. Buni men o'z tajribamdan bilaman.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru