Malayziya. Vohid Shodiev va Sharofetdinov gol urdi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2016, 08:29
Kuni kecha Malayziya superligasida navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Dilshod Sharofetdinov to'p tepayotgan "T-Tim" klubi bu turni safarda "Saravak"ka qarshi o'tkazib 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Quvonarlisi gollardan biriga aynan Shafroetdinov mualliflik qildi. Hamyurtimiz shu tariqa Superligadagi gollari sonini 3taga etkazib oldi. "T-Tim" 7ta o'yindan so'ng 9 ochko to'plab musobaqa jadvalining 7-pog'onasida bormoqda.

Yana bir o'zbekistonlik futbolchi Vohid Shodiev ham bu turda o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Hujumchi "Perak" safida "Paxang" darvozasiga to'p kiritdi. Biroq jamoasi 3:4 hisobida yutqazib qo'ydi. "Perak" 4 ochko bilan musobaqa jadvalining 11-pog'onasida bormoqda.


"Saravak" - "T-Tim" 0:2
Gollar:
Makan Konate 56, Dilshod Sharofetdinov 70.

"Perak" - "Paxang" 3:4
Gollar:
Vohid Shodiev 9, Elias Fernandes 58, Ahmad Hayril 77 - Volash 14, 43, 90+2, Pacheko 70.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia