

Shodiev ayni paytda klub bilan birga va u "gazchilar" bilan ikki yillik bitimga imzo chekkan. Futbolchining o'zi ham ushbu xabarni rasman tasdiqladi. Bundan tashqari, Vohid Shodiev Malayziya chempionatida ma'lum muddat faoliyat ko'rsatdi. Malaylar yurtida "Perak" klubi sharafini himoya qilgan futbolchi 10ta bahsda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 2ta gol kiritishga erishgan edi.
Shodiev faoliyati davomida yurtimizdagi Buxoro, Bunyodkor, Neftchi, Qizilqum kabi jamoalarda to'p tepgan.




