Maksvell: Braziliya terma jamoasiga chaqirilganligimdan xursandman

Tolibjon Qosimov
31 iyul 2013, 15:24
Fransiyaning “PSJ” klubi himoyachisi Maksvell, Shveytsariya terma jamoasiga qarshi bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvida, Braziliya terma jamoasiga chaqirilganligidan juda xursand ekanligi aytib o'tdi, deb xabar beradi Janubiy Amerika OAV.

O'rtoqlik uchrashuvi Shveytsariyaning Bazel shahrida bo'lib o'tadi.

“Men terma jamoaga chaqirilganligimdan baxtiyorman. Tan olib aytishim kerakki, bu taklif men uchun kutilmagan holat bo'ldi. Endi bu baxtli onlarimni oilam bilan baham ko'rayapman. Voqelarning bunday rivoji menga yanada kuchliroq o'ynashimga turtki beradi. Men qo'limdan kelganicha yaxshi o'ynab, o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman”, - deydi Maksvell.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com