Mahrez Al Ahliga o'tishga yaqin

Alisher
17 iyul 2023
Manchester Siti vingeri faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.

Arab klubi jazoirlik futbolchining transferi uchun 30 million funt sarflaydi. Mahrez Al Ahli bilan shartnoma masalasida kelishuvga erishdi.

Riyad Mahrezning jiddaliklar safidagi yillik maoshi 25 million funt bo'lishi kutilmoqda.

32 yoshli Marez 2022/23 yilgi mavsumda "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda qatnashib, 15 ta to'p kiritdi va 13 ta golli pas uzatdi. Shartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: championat.com