Maguayr: "Albatta, Ronaldu MYUning o'yinini yanada yaxshilaydi"

Mirjalol Normatov
1 sen 2021, 23:15
"Manchester Yunayted" sardori Xarri Maguayr forvard Krishtianu Ronalduning transferi haqida gapirdi.

"Albatta, bu ajoyib! U men uchun eng zo'r futbolchilardan biridir.

Ayni damda u MYUda, shunchaki dahshat. U o'z ta’sirini nafaqat maydonda, balki, uning tashqarisida ham o'tkaza olishiga ishonaman. Ko'plab futbolchilar undan o'rnak oladi, o'rganadi va kerak bo'lsa, bahslashadi ham. Bu esa o'sishga olib keladi.

U MYUning o'yinini yaxshilay oladi. Krishtianu bilan ko'rishishni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi himoyachi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal