Lyuk de Yong faoliyatini Meksika chempionatida davom ettirishi mumkin

Alisher
13 iyun 2022, 11:30
"Sevilya" forvardi Lyuk de Yong faoliyatini Meksika chempionatida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, ispan klubi 31 yoshli niderlandiyalikning "Toluka" (Meksika)ga transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Bitim haqida yaqin vaqtlarda e'lon qilinishi mumkin.

De Yong o'tgan mavsum "Barselona" tarkibida ijara asosida o'ynadi. U kataloniyaliklar tarkibida 21ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano