Lyakazett "Barselona" qiziqishlari doirasida

Alisher
31 mar 2022, 12:11
"Barselona" yozda "Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Lyakazettni ehtimoliy yangi o'yinchilar ro'yxatiga qo'shdi. Francuz allaqachon ehtimoliy o'tishni "Arsenal"dagi sobiq sherigi Per-Emerik Obameyang bilan muhokama qildi.

Oldinroq xabar berilganidek, London klubi o'yinchiga bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir mavsumga shartnoma taklif qilmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi bitim yozda yakuniga etadi.

Lyakazett 2021/22 yilgi mavsum "Arsenal" tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es