Lushemburgo: "Ronaldu "Real"da o'zi emas, Zidan murabbiy ekanligini tushunishi kerak"

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2016, 18:14
"Real" sobiq bosh murabbiyi Vanderley Lushemburgo jamoa yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan haqida fikr bildirdi.

"Zidan futbolchi bo'lganida jamoaning yetakchisi edi. Ronaldu kiyinish xonasida yangi lider paydo bo'lganini tushunishi kerak. Kiyinish xonasi qisman futbolchilarga tegishli. Qolgani esa murabbiyga. Krishtianu o'zi emas, Zidan murabbiy ekanligini his qilishi lozim. Bu borada Lionel Messi va "Barselona" ularga namuna bo'lishi mumkin. U yulduz, ammo futbolchi" - deydi Lushemburgo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca