3 iyun kuni Bunyodkor futbol klubi rahbariyati va murabbiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi va Sergey Lushan klub futbolchilariga rasman yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirildi. Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov O'zbekiston Bunyodkorni tark etgach, Aleksandr Volkov vaqtinchalik Bunyodkor klubini boshqarib kelayotgan edi.
Ma'lumot o'rnida, Sergey Lushan futbolchilik faoliyati aynan Bunyodkor klubida yakunlagan va murabbiylik faoliyatini aynan Bunyodkor klubi akademiyasida boshlagan edi. Shu yilning boshida O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Lushan endilikda Bunyodkor klubini boshqaradi.
Sergey Lushanning O'zbekiston U-19 terma jamoasidagi keyingi roli va o'rni bo'yicha O'FF Prezidenti huzuridagi Murabbiylar Kengashi majlis chaqiradi.