Lukaku "Inter"dagi debyutida poker qayd etdi

Eldor Akmurzayev
12 avg 2019
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Inter nazorat bahsida Italiyaning quyi divizion vakili Virtus Bergamo klubiga qarshi to'qnash kelib, 8:0 hisobida zafar quchdi.

Neradzurrilar safida norasmiy debyutini o'tkazgan hujumchi Romelu Lukaku raqib darvozasiga to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Lukaku joriy yozda Manchester Yunayteddan Italiyaga ko'chib o'tgani haqida xabar bergandik.



"Inter" – "Virtus" – 8:0 

Gollar: Lukaku poker, Vesino va Espozito dubl


TAS-IX emas



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia