Lukaku "Inter"da qolishni istaydi

Aziz Tukhtamuradov
27 yanv 2023, 09:31
Romelu Lukakuning "Inter"dagi taqdiri uning yozgacha ko'rsatadigan o'yinlariga bog'liq.

"Chelsi"ning ijara asosida "Inter"da o'ynayotgan futbolchisi Italiyada qolishni istaydi. 

Biroq, milanliklar rahbariyati ijara muddatini uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borishga shoshilmayapti. Futbolchi jarohat sabab ko'p vaqtni o'tkazib yubordi va yaxshi formada emas. 

Ushbu mavsumda Lukaku A Seriyada 7 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: FC Inter News