Lukaku "Inter"da o'zi uchun noodatiy bo'lgan raqamni oldi

Sherzod Nurmatov
30 iyun 2022, 19:55
Belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuning "Inter"dagi raqami ma'lum bo'ldi.

Milanliklar mavsum oxirigacha "Chelsi"dan ijaraga olingan hujumchiga 90-raqamni berishdi.

Eslatib o'tamiz, hujumchi 2019 yildan 2021 yilgacha Milan klubida 9-raqam ostida to'p tepgan, ammo bu raqam hozirda Edin Jekoga tegishli.

29 yoshli Lukaku "Chelsi"da 2011 yildan 2014 yilgacha va 2021 yilda o'ynagan. U "aristokratlar" safida jami 59 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

U ilgari "Anderlext", "Vest Bromvich", "Everton" va "Manchester Yunayted" klublari sharafini himoya qilgan. Belgiya terma jamoasida 101 ta o'yinda maydonga tushib, 68 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GiveMeSport