Luka Toni: Umid qilamanki JCH-2014da ishtirok etaman

Aziz Tukhtamuradov
9 apr 2014, 21:03
Verona hujumchisi Luka Toni Braziliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etishdan umid qilmoqda.

Umid qilamanki, terma jamoamiz bosh murabbiyi meni xam jahon chempionatiga olib ketadi. Men bu mavsumda 16 ta gol urdim, bittasi xam penaltidan emas.

Yaxshi o'yin ko'rsatayapman deb o'ylayman. Ko'ramiz, voqealar rivoji qay tarzda davom etarkin, – deydi Toni.


Eslatib o'tamiz, A seriya bombardirlari orasida Toni Tevez va Immobiledan so'ng (18 tadan gol) uchinchi o'rinda ketmoqda.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru