Luka Modrich: "Shaxsiy sovrinlarga o'ch emasman"

Tolibjon Qosimov
12 sen 2018, 20:22
Xorvatiya terma jamoasi va "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich shaxsiy sovrinlarga katta e'tibor qaratmasligini tan oldi.

"Men uchun jamoaviy yutuqlar muhim, men shaxsiy sovrinlarga asosiy e'tiborni qaratmayman.

Agar men ularni olmasam, hech qisi yo'q", - dedi Modrich.

JCH-2018ning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan 33 yoshli xorvat FIFA talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun yakuniy uchtalik ro'yxatga kiritilgan. Sovrin uchun uning raqobatchilari Krishtianu Ronaldu va Muhammad Salah.



Oldinroq, Modrich UEFA talqiniga ko'ra 2017-2018 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com