Luiz Gustavo "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2014, 17:38
Braziliyalik futbolchi Luiz Gustavo "Barselona"ga ko'chib o'tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Shveytsariyaning fussball.ch internet portali.
"Volfsburg" tarkibida ajoib o'yin namoyish qilayotgan Luiz Gustavo jamoaviy o'yinni juda yaxshi ko'radi va shu boisdan uning o'yin uslubi Kataloniya jamoasi falsafasiga mos keladi. "Barsa" bir qancha vaqtdan buyon ushbu futbolchiga qiziqish bildirayotgan edi. Manbada qayd etilishicha, agar kataloniyaliklar Gustavoga aniq taklif bilan chiqishadigan bo'lsa, futbolchi bajonidil ushbu taklifni ko'rib chiqishga tayyor.

Gustavo o'tgan yozda "Bavariya"dan "Volfsburg" safiga 20 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi. Lekin braziliyalik charm to'p ustasi "bo'rilar" safida uncha ko'p qolmaydiganga o'xshaydi…

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fussball.ch